O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi "Ma'muriy binolardan foydalanish boshqarmasi" davlat birlashmasi (keyingi o'rinlarda "MBF boshqaruvi" Deb ataladi) ning Nizomi (Xartiya keyingi o'rinlarda Deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi PF-5653-sonli farmoni va “ston O'zbekiston respublikasi Axborislavi-tirishi-1 agentligi huzuridagi ma'muriyatining prezidentligi. sonli karori, talablariga rioya qilinib zbekiston Respublikasining Prezident Administratsiyalari huzuridagi Axborot va keng tarqalgan aloqa agentligi trisida ”Nizomiga muvofiklashtirish maqsadida ishlab chikildi.
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
agentligi “Maʻmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi”
davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda “MBF boshqarmasi” deb ataladi) ning
Ustavi (keyingi oʻrinlarda Ustav deb yuritiladi). Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qayta
tashkil etish va tugatish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2021-yil 3-iyundagi 350-sonli karori
ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining
2021-yil 11-iyundagi 131-sonli
buyrugʻi talablariga rioya qilinib, “Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi “Maʻmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi”
davlat muassasasi toʻgʻrisida Ustav
muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.
1.2. Ushbu Ustav “MBF
boshqarmasi”ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari,
faoliyatini amalga oshirish, hisobdorligi hamda uning rahbarining funksional
majburiyatlari va javobgarligini, muassisi - Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
agentligi bilan mulkiy va nomulkiy munosabatlarni belgilaydi.
1.3. Davlat muassasasi — davlat
mulkini tasarruf etuvchisi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni
yoki tijorat xususiyatiga ega boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish
uchun tashkil etilgan va toʻliq yoki qisman davlat byudjeti mablagʻlari
hisobidan moliyaviy taʼminlanadigan tashkilot.
1.4. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
agentligi “MBF boshqarmasi”ning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb
ataladi) hisoblanadi.
1.5. “MBF boshqarmasi”
majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar
boʻladi. “MBF boshqarmasi” ning mol-mulki yetarli boʻlmaganda muassis uning
majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi. “MBF boshqarmasi” muassis
majburiyatlari boʻyicha javobgar emas.
1.6. “MBF boshqarmasi” oʻz
faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy
Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, muassisning qaror, buyruq va topshiriqlariga, ushbu Ustavga,
shuningdek, boshqa qonun va qonun osti hujjatlariga amal qiladi.
1.7. “MBF boshqarmasi” yuridik
shaxs hisoblanib, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob
raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzi, shtamplari va
blankalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan,
oʻzining nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. HUQUQIY HOLATI
2.1. “MBF boshqarmasi” ning rasmiy
nomi:
2.1.1.
Davlat tilida:
toʻliq - “Maʻmuriy binolardan
foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi;
qisqartirilgan – “MBF boshqarmasi”;
2.1.2. Rus
tilida:
toʻliq
- Государственное учреждение «Управление эксплуататсии административных
зданий”;
qisqartirilgan
- ГУ “Управление эксплуататсии административных зданий”.
2.2. “MBF boshqarmasi” ning yuridik manzili: 100011, Toshkent shahar A.Navoiy koʻchasi 30-uy.
2.3. “MBF boshqarmasi” qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
2.4. “MBF boshqarmasi” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq tijorat tashkilotlari, shuningdek ularda yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlar qatnashchisi (aʼzosi) boʻlishi mumkin.
“MBF boshqarmasi” boshqa davlat korxonasi muassisi boʻlishga haqli emas.
2.5. “MBF boshqarmasi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini kayta tashkil etish va tugatish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2021-yil 3-iyundagi 350-sonli karori asosan tashkil etilgan.
2.6. “MBF boshqarmasi” oʻzining asosiy faoliyatini litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidir.
III. MUASSASANI TAʼSIS ETISH XUSUSIYATLARI
3.1. “MBF boshqarmasi” Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar
faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi
2021-yil 3-iyundagi 350-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021-yil 11-iyundagi 131-sonli buyrugʻi
asosida taʼsis etilgan..
3.2. “MBF boshqarmasi” faoliyat
muddati cheklanmagan holda tashkil etilgan.
3.3. Mazkur Ustav Muassis tomonidan tasdiqlanib, qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organidan roʻyxatga olinganda
“MBF boshqarmasi” taʼsis hujjati hisoblanadi.
3.4. Mazkur Ustavga oʻzgartirishlar
muassisning qaroriga asosan kiritiladi va belgilangan tartibda davlat
roʻyxatidan oʻtkaziladi.
IV.
«MBF BOSHQARMASI” DAVLAT MUASSASASINING MAQSADI, ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
4.1. “MBF boshqarmasi” ning asosiy
maqsadiga davlat tomonidan balansda saqlash uchun va operativ boshqarish huquqi
bilan oʻziga topshirilgan maʼmuriy bino, inshootlarni va hududni lozim darajada
saqlash, uni joriy va kapital taʼmirlash, binodan foydalanuvchilarga kommunal
va foydalanish xizmatlarini koʻrsatish hamda ushbu orqali oʻzini-oʻzi
moliyalashtirish kiradi.
4.2.
“MBF boshqarmasi” quyidagi asosiy faoliyat turlarini amalga oshiradi:
a) Asosiy
faoliyati sohasida:
- bino va inshootlarni qurilish
va arxitektura meʼyorlariga rioya qilingan holda saqlash maqsadida ularni joriy
va kapital taʼmirlashlarni amalga oshiradi;
- joriy va kapital taʼmirlash
ishlarida shartnoma asosida yollanma ishchilardan, maxsus xizmat koʻrsatuvchi
yuridik shaxslardan foydalanishi mumkin;
- bino va inshootlarda sanitariya
talablariga roiya qilinishi taʼminlash;
- hudud
va yondosh hududlarni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tozalikni
saqlashni amalga oshirish;
- bino va inshootlarda suv
taʼminotini, kanalizatsiyalarning talab darajasida ishlashini tashkil etish;
- binoning isitilishini,
isitish uskunalarining soz holatda ishlashini taʼminlash;
- bino va inshootlarning elektr
energiyasi bilan taʼminlanishini tashkillashtirish;
- bino va inshootlarda yongʻin
xavfsizligini taʼminlash;
- bino va inshootlarni qoʻriqlash;
- boʻsh
turgan obyektlardan samarali foydalanish Toshkent shahar boshqarmasi bilan
tuzilgan uch tomonlama shartnoma asosida va auksion tartibida binodagi boʻsh
xonalarni ijaraga beradi;
- binodagi shartnoma asosida
faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarga yil boshidan kommunal va
ekspluatatsiya xamda elektr-energiya tulovlari uchun 2 (ikki) tomonlama
shartnomalar tuzadi;
- binodagi shartnoma asosida
faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarning kommunal-ekspluatatsiya
va elektr-energiya tulovlaridan qarzdorligi mavjud bulgan taqdirda, ular bilan
shartnomalar tuzmaydi xamda bu haqda
boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish Toshkent shahar boshqarmasiga 3 (uch) tomonlama shartnoma tuzmaslik toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi;
b) Qoʻshimcha faoliyat turlari
sohasida:
- reklama faoliyati bilan shugʻullanadi;
- xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqaradi;
- avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish;
- vositachilik, oldi-sotdi, ulgurji va chakana
savdo faoliyatlari bilan shugʻullanish;
- taqiqlanmagan boshqa faoliyat
turlarini amalga oshirish.
4.3. “MBF boshqarmasi” litsenziyalanadigan faoliyat
bilan shugʻullanishi uchun faoliyat belgilangan tartibda
litsenziyalashtirilganidan soʻng amalga oshiriladi.
V. MUASSISNING HUQUQ VA
MAJBURIYATLARI
5.1. Muassis qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
“MBF boshqarmasi” faoliyatining maqsadi, predmeti, turlarini
belgilash;
“MBF boshqarmasi” ning ustavini tasdiqlash hamda uni
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
“MBF boshqarmasi” direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muddatidan oldin
toʻxtatish yoki bekor qilish;
“MBF boshqarmasi” qayta tashkil
etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish
balanslarni tasdiqlash;
“MBF boshqarmasi” mulkiga oid bitimlarni haqiqiy emas deb
eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo kiritish;
“MBF boshqarmasi” ning ortiqcha
foydalanilmayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib
qoʻyish va ularni tasarruf etish;
zarurat boʻlganda “MBF boshqarmasi”
ni xususiylashtirish yoki davlat tasarrufidan chiqarish haqida takliflar
kiritish;
“MBF boshqarmasi”ga yetkazilgan
zararlarni undirish toʻgʻrisida “MBF boshqarmasi” direktoriga nisbatan daʼvo
taqdim etish;
moliyaviy yil yakuni boʻyicha “MBF
boshqarmasi” sof foydasining qismini olish.
5.2. Muassis quyidagilarga majbur:
“MBF boshqarmasi” rahbarini
tayinlash, ularni lavozimidan ozod etish, mehnat toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi tuzish;
“MBF boshqarmasi” davlat roʻyxatidan
oʻtkazilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “MBF boshqarmasi” ning ustav
fondini unga davlat mulkini tezkorlik bilan boshqarish uchun berish yoʻli bilan
shakllantirish;
“MBF boshqarmasi” ning har yillik
biznes-rejasini tasdiqlash, har chorakda ijroiya organning biznes-rejasi
bajarilishi haqidagi hisobotini eshitish;
“MBF boshqarmasi” mol-mulkini
tasarruf etishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
“MBF boshqarmasi” ga berilgan davlat
mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek uning
begonalashtirilishini nazorat qilish.
VI.
“MBF BOSHQARMASI” USTAV FONDINING MIQDORI,
UNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI VA
MANBALARI
6.1. “MBF boshqarmasi” ustav fondining miqdori 22 472 000,0 (yigirma
ikki million toʻrt yuz yetmish ikki ming) soʻmni tashkil etadi.
6.2. “MBF boshqarmasi” ning ustav
fondi oʻzida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun unga davlat
tomonidan berilgan mol-mulk va boshqa aktivlar jamini ifodalaydi.
6.3. “MBF boshqarmasi” ning ustav
fondi:
muassisning tezkor boshqarish huquqi
bilan mulkni biriktirishi;
“MBF boshqarmasi” ning muassis bilan
kelishgan tartibda mulkni koʻpaytirishi;
“MBF boshqarmasi” ning oʻz faoliyatidan olingan daromadlari
hisobidan;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan
tartibda shakllantiriladi.
VII. “MBF BOSHQARMASI” USTAV FONDINI
KOʻPAYTIRISH VA KAMAYTIRISH TARTIBI
7.1. “MBF boshqarmasi” ning ustav
fondi muassisning qarori bilan koʻpaytiriladi yoki kamaytiriladi.
7.2. “MBF boshqarmasi” ustav fondini
koʻpaytirish, kamaytirish holatlari muassis tomonidan belgilanadi.
7.3. “MBF boshqarmasi” ustav
fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror muassis tomonidan oʻz ulushlari toʻliq
kiritilganidan keyingina qabul qilinishi mumkin. Ustav fondini koʻpaytirish
muassis tomonidan qoʻshimcha ulushlar kiritish va yoki muassasaning sof foydasi
hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Muassasaning ustav fondini sof foyda
hisobidan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror faqatgina bunday qaror qabul
qilingan yildagi muassasaning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosida qabul
qilinishi mumkin.
7.4. “MBF boshqarmasi” ustav
fondini kamaytirish muassisga tegishli boʻlgan ulushlarning nominal qiymatini
kamaytirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Muassasa ustav fondini
kamaytirish va uning yangi miqdori toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan
boshlab oʻttiz kun mobaynida muassasaning unga maʼlum boʻlgan barcha
kreditorlarini xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida
ommaviy axborot vositalarida maʼlumot eʼlon qilishi shart.
7.5. Ustav fondini oʻzgartirish
toʻgʻrisidagi qaror Muassasa Ustaviga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
kiritiib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina kuchga kiradi.
VIII. «MBF BOSHQARMASI” NING
TASARRUF ETISH SHARTLARI
8.1. “MBF
boshqarmasi” mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda muassis bilan majburiy
tarzda kelishilgan holda amalga oshiriladi:
mulkini begonalashtirish, sotish
shakli va mexanizmini;
muassasa va uning tarkibidagi
korxonalar ustav kapitaliga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritish
boʻyicha kelishuvlarni (bitim, shartnoma, memorandum va boshqalar);
asosiy vositalarni sotish, ularni
ijaraga berish yoki garovga topshirish;
mulkni xoʻjalik jamiyati ustav
fondiga ulush sifatida qoʻshish;
mulkni “MBF
boshqarmasi” faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan boshqacha tarzda tasarruf
etish. Bunda, bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni)
sotish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
tomonidan amalga oshiriladi.
asosiy
faoliyatiga xos boʻlmagan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki
qurish;
asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlari
ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olishni taqiqlash.
Bunda, “MBF
boshqarmasi” tomonidan asosiy faoliyatiga xos boʻlgan yangi koʻchmas mulk
obyektlarini sotib olish yoki qurish hamda xoʻjalik jamiyatlari ustav
kapitalidagi ulushni sotib olish, shuningdek, asosiy faoliyatidan tashqari
qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanish muassis qaroriga asosan amalga
oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
IX. DAROMAD (FOYDA) NI TAQSIMLASH VA ZARARLARNI
QOPLASH TARTIBI
9.1. Barcha soliqlar xamda byudjetga
va byudjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin
qoladigan sof foyda “MBF boshqarmasi” tomonidan muassis bilan kelishilgan holda
taqsimlanadi.
9.2. “MBF boshqarmasi” daromadi
(foydasi) “MBF boshqarmasi” ning daromadlar va xarajatlari smetasida nazarda
tutilgan yoʻnalishlardan tashqari yoʻnalishlarga muassis bilan kelishilgan
tartibda va miqdorlarda foydalaniladi.
9.3. “MBF boshqarmasi” ixtiyorida
qoladigan daromad (foyda) hisobiga mazkur ustavda nazarda tutilgan
sarf-xarajatlarga ishlatilishi mumkin.
9.4. “MBF boshqarmasi” daromadi
(foydasi) muassis belgilab bergan tartibda va miqdorlarda taqsimlanadi.
X.
«MBF BOSHQARMASI” DIREKTORINING HUQUQLARI,
MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI
10.1. “MBF boshqarmasi” ning joriy
faoliyatiga rahbarlik qilish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
10.2. “MBF boshqarmasi” direktori
yakkaboshchilik qiladigan ijroiya organi rahbari hisoblanadi.
10.3. Direktor quyidagi huquqlarga
ega:
“MBF boshqarmasi” oldiga qoʻyilgan
vazifalarnining bajarilishini tashkil etish;
“MBF boshqarmasi” nomidan ishonchnomasiz
ish koʻradi, mamlakatimiz va xorijning barcha korxonalari, firmalari va
tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi;
“MBF boshqarmasi” nomidan bitimlar,
shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va bekor qilish;
direktor oʻrinbosari, bosh xisobchi
xamda ishchi xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari
tuzadi, ularni oʻzgartiradi va bekor qiladi;
mehnat munosabatlarini tartibga
solish, ishlab chiqarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan buyruqlar chiqarish;
qonun hujjjatlarida belgilangan
boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
10.4. Direktorga quyidagi
majburiyatlar yuklatilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari
qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligining buyruq va farmoyishlariga hamda mazkur Ustav
talablariga va boshqa qonun va qonunosti hujjatlari talablariga rioya qilish;
“MBF boshqarmasi” faoliyatiga umumiy
rahbarlik qilish, yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini tashkil
etish;
“MBF boshqarmasi” faoliyatini
rivojlantirish yoʻl xaritalarini va strategiyasini ishlab chiqish;
xodimlarni tizimli qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga
qoʻyish, xodimlarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar
yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish
toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq “MBF
boshqarmasi” da korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish
choralarini koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun
hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga
oshirish orqali bunday holatlar sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar
hamda shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslar
murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishni samarali tashkil qilish, aholi
bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida
belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar
vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish;
“MBF boshqarmasi” manfaatlarini
davlat organlarida, davlat korxonalari va tashkilotlarda, boshqa shakldagi
korxona va tashkilotlarda, huquq-tartibot organlarida va sudlarda ifodalash;
“MBF boshqarmasi” faoliyati
yuzasidan yillik hisobotni tekshirish va tasdiqlash;
xodimlarning shtat boʻyicha soni va
ularning ish haqi miqdorlarini muassis bilan kelishilgan holda tasdiqlash;
“MBF boshqarmasi” faoliyatining yil
yakuni boʻyicha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishni tashkil etish.
Direktor muassis oldida mazkur
ustavda belgilangan tartibda muassasa faoliyati toʻgʻrisida hisob beradi.
10.5. Direktorga qonunchilikda
belgilangan tartibda va asoslarda boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
10.6. Direktor quyidagi holatlar
boʻyicha javobgar hisoblanadi hamda yetkazilgan zararlar uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi:
byudjetga va byudjetdan tashqari
jamgʻarmalarga toʻlovlarning amalga oshirilmasa, ish haqining oʻz vaqtida
toʻlanmasa, mehnat huquqlari va munosabatlaridan kelib chiqadigan hamda ularga
tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlov majburiyatlarini bajarmasa;
ishlab chiqarish faoliyati bilan
bevosita bogʻliq boʻlgan ehtiyojlar uchun pul mablagʻlari oʻtkazmasa;
oʻzining harakati (harakatsizligi)
tufayli “MBF boshqarmasi”ga berilgan davlat mulki yoʻqotsa, ularga zarar
yetkazsa.
10.7. Direktorning javobgarligi
muassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ham belgilanishi mumkin.
10.8. Direktor mazkur ustavning
10.4. bandidagi majburiyatlarining oʻz vaqtida, sifatli bajarmaganligi uchun
muassis qarori bilan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
10.9. Direktor tomonidan
yetkazilgan zarar direktor va muassis oʻrtasida tuzilgan toʻliq moddiy
javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnomaga va amaldagi qonun hujjatlariga asosan
undiriladi.
XI.
«MBF BOSHQARMASI” FILIALLARI VA
VAKOLATXONALARI
11.1. “MBF boshqarmasi” muassis bilan
kelishgan holda, qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda Oʻzbekiston
Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida filiallar tashkil etishi va
vakolatxonalar ochishi mumkin.
11.2. “MBF boshqarmasi” ning
filiallari va vakolatxonalari “MBF boshqarmasi” tomonidan tasdiqlangan nizom
asosida faoliyat koʻrsatadi.
11.3. “MBF boshqarmasi” filiali
yoki vakolatxonasi rahbari muassis bilan kelishgan holda tayinlanadi va “MBF
boshqarmasi” direktorining ishonchnomasi asosida faoliyat koʻrsatadi. Filial
yoki vakolatxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilgan taqdirda
ishonchnoma “MBF boshqarmasi” direktori tomonidan bekor qilinadi.
XII. ZAXIRA FONDI VA BOSHQA
FONDLARNI TASHKIL ETISH TARTIBI
12.1. “MBF boshqarmasi” oʻz
tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira jamgʻarmasini, shuningdek
miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdiqlanadigan boshqa
jamgʻarmalarni tashkil etishi mumkin.
12.2. “MBF boshqarmasi” ustav
fondining 15% kam boʻlmagan miqdorida zaxira fondini shakllantiradi.
12.3. Zaxira fondi har moliya yili
“MBF boshqarmasi” sof foydasining 5% miqdorida taqsimlanadi.
12.4. “MBF boshqarmasi” moliya
yilida sof foydaga ega boʻlmagan taqdirda mazkur ustavning 12.3. bandidagi
taqsimot amalga oshirilmaydi.
12.5. Zahira fondi mablagʻlari
zararlarni qoplash, sof foyda kamlik qilganda “MBF boshqarmasi” ning kreditor
toʻlovlarini amalga oshirish uchun sarf qilinadi.
12.6. Boshqa fondlarni tashkil
etish, ulardan foydalanish tartibi direktor tomonidan muassis bilan kelishilgan
holda amalga oshiriladi.
XIII.
YILLIK HISOBOTLARNI TUZISH, TEKSHIRISH,
TASDIQLASH TARTIBI
13.1. “MBF boshqarmasi” faoliyati
yuzasidan yillik hisobotni tuzish lavozim yoʻriqnomasida ushbu vazifani
bajarish belgilangan xodim tomonidan amalga oshiriladi.
13.2. Yillik hisobot direktor yoki
uning vazifasini bajarish yuklatilgan xodim tomonidan tasdiqlanadi.
XIV. «MBF BOSHQARMASI” NING
JAVOBGARLIGI
14.1. “MBF
boshqarmasi” muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
14.2.
“MBF boshqarmasi” oʻzi tashkil etgan filiallar va vakolatxonalar majburiyatlari
boʻyicha javob beradi.
XV. «MBF BOSHQARMASI” FAOLIYATINI NAZORAT QILISH
15.1.
“MBF boshqarmasi” hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliyaviy
hisobotni va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim
etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda saqlashga
berilishi uchun javob beradi.
15.2.
“MBF boshqarmasi” faoliyatini xoʻjalik yurituvchi organ sifatida nazorat qilish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar
tomonidan amalga oshiriladi.
XVI. «MBF BOSHQARMASI”NING HUJJATLARINI SAQLASH
16.1. “MBF boshqarmasi” quyidagi
hujjatlarni qonunchilikda belgilangan muddatda saqlashga majbur:
muassasaning taʼsis hujjatlari,
shuningdek taʼsis hujjatlariga kiritilgan va belgilangan tartibda davlat
roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni;
muassasani tashkil etish va muassasanining ustav fondiga pul
koʻrinishida boʻlmagan ulushlarni pulda baholashni tasdiqlash toʻgʻrisidagi muassasa muassisining umumiy yigʻilishi bayonnomalarini, shuningdek muassasani tashkil etish
bilan bogʻliq boʻlgan boshqa qarorlarni;
muassasanining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini
tasdiqlovchi hujjatni;
muassasanining balansida boʻlgan mol-mulkka boʻlgan
huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
muassasaning filiallari va vakolatxonalari
toʻgʻrisidagi nizomlarni;
muassasa muassisning hayʼat yigʻilishi,
muassasaning ijro etuvchi organi bayonnomalarini;
mustaqil auditorlik tashkilotlari
xulosalarini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa hujjatlarni.
16.2. Muassasa muassisning talabi bilan unga
zarur maʼlumot va axborotlarni, shuningdek taʼsis hujjatlarini unga kiritilgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart.
XVII.
«MBF BOSHQARMASI” NI QAYTA TASHKIL ETISH
VA TUGATISH
17.1. “MBF boshqarmasi” qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muassisning qarori boʻyicha yoki sudning
qarori boʻyicha qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
17.2. “MBF boshqarmasi” ning
tugatilishi huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga
oʻtmasdan muasasasa faoliyati toʻxtatilishiga olib keladi, qayta tashkil
etishda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
“Maʻmuriy binolardan foydalanish
boshqarmasi”
davlat muassasasi direktori V.Otaboyev