Xizmatlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi "Ma'muriy binolardan foydalanish boshqarmasi" davlat muassasasi

“MBF boshqarmasi” litsenziyalanadigan faoliyat bilan shugʼullanishi uchun faoliyat belgilangan tartibda litsenziyalashtirilganidan soʼng amalga oshiriladi.

Dec. 27, 2020, 4:18 p.m.
...

1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Maʻmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda “MBF boshqarmasi” deb ataladi) ning Ustavi (keyingi oʻrinlarda Ustav deb yuritiladi). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2021-yil               3-iyundagi 350-sonli karori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021-yil     11-iyundagi 131-sonli buyrugʻi talablariga rioya qilinib, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Maʻmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi toʻgʻrisida Ustav muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.

1.2. Ushbu Ustav “MBF boshqarmasi”ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, faoliyatini amalga oshirish, hisobdorligi hamda uning rahbarining funksional majburiyatlari va javobgarligini, muassisi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan mulkiy va nomulkiy munosabatlarni belgilaydi.

1.3. Davlat muassasasi — davlat mulkini tasarruf etuvchisi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijorat xususiyatiga ega boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan va toʻliq yoki qisman davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyaviy taʼminlanadigan tashkilot.

1.4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “MBF boshqarmasi”ning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.

1.5. “MBF boshqarmasi” majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar boʻladi. “MBF boshqarmasi” ning mol-mulki yetarli boʻlmaganda muassis uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi. “MBF boshqarmasi” muassis majburiyatlari boʻyicha javobgar emas.

1.6. “MBF boshqarmasi” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, muassisning qaror, buyruq va topshiriqlariga, ushbu Ustavga, shuningdek, boshqa qonun va qonun osti hujjatlariga amal qiladi.

1.7. “MBF boshqarmasi” yuridik shaxs hisoblanib, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzi, shtamplari va blankalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻzining nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.

 

II. HUQUQIY HOLATI

2.1. “MBF boshqarmasi” ning rasmiy nomi:

2.1.1. Davlat tilida:

toʻliq - “Maʻmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi;

qisqartirilgan – “MBF boshqarmasi”;

2.1.2. Rus tilida:

toʻliq - Государственное учреждение «Управление эксплуататсии административных зданий”;

qisqartirilgan - ГУ “Управление эксплуататсии административных зданий”.

2.2. “MBF boshqarmasi” ning yuridik manzili: 100011, Toshkent shahar A.Navoiy koʻchasi 30-uy.
2.3. “MBF boshqarmasi” qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
2.4. “MBF boshqarmasi” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq tijorat tashkilotlari, shuningdek ularda yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlar qatnashchisi (aʼzosi) boʻlishi mumkin. 
“MBF boshqarmasi”    boshqa davlat korxonasi muassisi boʻlishga haqli emas.
2.5. “MBF boshqarmasi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini kayta tashkil etish va tugatish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2021-yil 3-iyundagi 350-sonli karori asosan tashkil etilgan.
2.6. “MBF boshqarmasi” oʻzining asosiy faoliyatini litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidir. 

 

III. MUASSASANI TAʼSIS ETISH XUSUSIYATLARI

3.1. “MBF boshqarmasi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2021-yil 3-iyundagi 350-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021-yil 11-iyundagi 131-sonli buyrugʻi asosida taʼsis etilgan..

3.2. “MBF boshqarmasi” faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etilgan.

3.3. Mazkur Ustav Muassis tomonidan tasdiqlanib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organidan roʻyxatga olinganda “MBF boshqarmasi” taʼsis hujjati hisoblanadi.

3.4. Mazkur Ustavga oʻzgartirishlar muassisning qaroriga asosan kiritiladi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

 

IV. «MBF BOSHQARMASI” DAVLAT MUASSASASINING MAQSADI, ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

4.1. “MBF boshqarmasi” ning asosiy maqsadiga davlat tomonidan balansda saqlash uchun va operativ boshqarish huquqi bilan oʻziga topshirilgan maʼmuriy bino, inshootlarni va hududni lozim darajada saqlash, uni joriy va kapital taʼmirlash, binodan foydalanuvchilarga kommunal va foydalanish xizmatlarini koʻrsatish hamda ushbu orqali oʻzini-oʻzi moliyalashtirish kiradi.

4.2. “MBF boshqarmasi” quyidagi asosiy faoliyat turlarini amalga oshiradi:

a) Asosiy faoliyati sohasida:

- bino va inshootlarni qurilish va arxitektura meʼyorlariga rioya qilingan holda saqlash maqsadida ularni joriy va kapital taʼmirlashlarni amalga oshiradi;

- joriy va kapital taʼmirlash ishlarida shartnoma asosida yollanma ishchilardan, maxsus xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslardan foydalanishi mumkin;

- bino va inshootlarda sanitariya talablariga roiya qilinishi taʼminlash;

hudud va yondosh hududlarni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tozalikni saqlashni amalga oshirish;

- bino va inshootlarda suv taʼminotini, kanalizatsiyalarning talab darajasida ishlashini tashkil etish;

- binoning isitilishini, isitish uskunalarining soz holatda ishlashini taʼminlash;

- bino va inshootlarning elektr energiyasi bilan taʼminlanishini tashkillashtirish;

- bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash;

- bino va inshootlarni qoʻriqlash;

boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish Toshkent shahar boshqarmasi bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma asosida va auksion tartibida binodagi boʻsh xonalarni ijaraga beradi;

- binodagi shartnoma asosida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarga yil boshidan kommunal va ekspluatatsiya xamda elektr-energiya tulovlari uchun 2 (ikki) tomonlama shartnomalar  tuzadi;

- binodagi shartnoma asosida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarning kommunal-ekspluatatsiya va elektr-energiya tulovlaridan qarzdorligi mavjud bulgan taqdirda, ular bilan shartnomalar tuzmaydi xamda bu haqda  boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish Toshkent shahar boshqarmasiga 3 (uch) tomonlama shartnoma tuzmaslik tgʻrisida xabarnoma joʻnatadi;

b) Qoʻshimcha faoliyat turlari sohasida:

- reklama faoliyati bilan shuullanadi;

- xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqaradi;

- avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish;

- vositachilik, oldi-sotdi, ulgurji va chakana savdo faoliyatlari bilan shugʻullanish;

- taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.

4.3. “MBF boshqarmasi” litsenziyalanadigan faoliyat bilan shugʻullanishi uchun faoliyat belgilangan tartibda litsenziyalashtirilganidan soʻng amalga oshiriladi.

 

V. MUASSISNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Muassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

“MBF boshqarmasi”  faoliyatining maqsadi, predmeti, turlarini belgilash;

“MBF boshqarmasi”  ning ustavini tasdiqlash hamda uni oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

“MBF boshqarmasi”  direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muddatidan oldin toʻxtatish yoki bekor qilish;

“MBF boshqarmasi” qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish,  tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balanslarni tasdiqlash;

“MBF boshqarmasi”  mulkiga oid bitimlarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo kiritish;

“MBF boshqarmasi” ning ortiqcha foydalanilmayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va ularni tasarruf etish;

zarurat boʻlganda “MBF boshqarmasi” ni xususiylashtirish yoki davlat tasarrufidan chiqarish haqida takliflar kiritish;

“MBF boshqarmasi”ga yetkazilgan zararlarni undirish toʻgʻrisida “MBF boshqarmasi” direktoriga nisbatan daʼvo taqdim etish;

moliyaviy yil yakuni boʻyicha “MBF boshqarmasi” sof foydasining qismini olish.

5.2. Muassis quyidagilarga majbur:

“MBF boshqarmasi” rahbarini tayinlash, ularni lavozimidan ozod etish, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi tuzish;

“MBF boshqarmasi” davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “MBF boshqarmasi” ning ustav fondini unga davlat mulkini tezkorlik bilan boshqarish uchun berish yoʻli bilan shakllantirish;

“MBF boshqarmasi” ning har yillik biznes-rejasini tasdiqlash, har chorakda ijroiya organning biznes-rejasi bajarilishi haqidagi hisobotini eshitish;

“MBF boshqarmasi” mol-mulkini tasarruf etishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;

“MBF boshqarmasi” ga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek uning begonalashtirilishini nazorat qilish.

 

VI. “MBF BOSHQARMASI” USTAV FONDINING MIQDORI,

UNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI VA MANBALARI

6.1. “MBF boshqarmasi”  ustav fondining miqdori 22 472 000,0 (yigirma ikki million toʻrt yuz yetmish ikki ming) soʻmni tashkil etadi.

6.2. “MBF boshqarmasi” ning ustav fondi oʻzida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun unga davlat tomonidan berilgan mol-mulk va boshqa aktivlar jamini ifodalaydi.

6.3. “MBF boshqarmasi” ning ustav fondi:

muassisning tezkor boshqarish huquqi bilan mulkni biriktirishi;

“MBF boshqarmasi” ning muassis bilan kelishgan tartibda mulkni koʻpaytirishi;

“MBF boshqarmasi”  ning oʻz faoliyatidan olingan daromadlari hisobidan;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan tartibda shakllantiriladi.

 

VII. “MBF BOSHQARMASI” USTAV FONDINI KOʻPAYTIRISH VA KAMAYTIRISH TARTIBI

7.1. “MBF boshqarmasi” ning ustav fondi muassisning qarori bilan koʻpaytiriladi yoki kamaytiriladi.

7.2. “MBF boshqarmasi” ustav fondini koʻpaytirish, kamaytirish holatlari muassis tomonidan belgilanadi.

7.3. “MBF boshqarmasi” ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror muassis tomonidan oʻz ulushlari toʻliq kiritilganidan keyingina qabul qilinishi mumkin. Ustav fondini koʻpaytirish muassis tomonidan qoʻshimcha ulushlar kiritish va yoki muassasaning sof foydasi hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Muassasaning ustav fondini sof foyda hisobidan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror faqatgina bunday qaror qabul qilingan yildagi muassasaning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosida qabul qilinishi mumkin.

7.4. “MBF boshqarmasi” ustav fondini kamaytirish muassisga tegishli boʻlgan ulushlarning nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Muassasa ustav fondini kamaytirish va uning yangi miqdori toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab oʻttiz kun mobaynida muassasaning unga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida maʼlumot eʼlon qilishi shart.

7.5. Ustav fondini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror Muassasa Ustaviga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritiib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina kuchga kiradi.

 

VIII. «MBF BOSHQARMASI” NING TASARRUF ETISH SHARTLARI

            8.1. “MBF boshqarmasi” mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda muassis bilan majburiy tarzda kelishilgan holda amalga oshiriladi:

mulkini begonalashtirish, sotish shakli va mexanizmini;

muassasa va uning tarkibidagi korxonalar ustav kapitaliga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritish boʻyicha kelishuvlarni (bitim, shartnoma, memorandum va boshqalar);

asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga topshirish;

mulkni xoʻjalik jamiyati ustav fondiga ulush sifatida qoʻshish;

mulkni “MBF boshqarmasi” faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan boshqacha tarzda tasarruf etish. Bunda, bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

      asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish;

asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olishni taqiqlash.

Bunda, “MBF boshqarmasi” tomonidan asosiy faoliyatiga xos boʻlgan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish hamda xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushni sotib olish, shuningdek, asosiy faoliyatidan tashqari qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanish muassis qaroriga asosan amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

IX. DAROMAD (FOYDA) NI TAQSIMLASH VA ZARARLARNI QOPLASH TARTIBI

9.1. Barcha soliqlar xamda byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin qoladigan sof foyda “MBF boshqarmasi” tomonidan muassis bilan kelishilgan holda taqsimlanadi.

9.2. “MBF boshqarmasi” daromadi (foydasi) “MBF boshqarmasi” ning daromadlar va xarajatlari smetasida nazarda tutilgan yoʻnalishlardan tashqari yoʻnalishlarga muassis bilan kelishilgan tartibda va miqdorlarda foydalaniladi.

9.3. “MBF boshqarmasi” ixtiyorida qoladigan daromad (foyda) hisobiga mazkur ustavda nazarda tutilgan sarf-xarajatlarga ishlatilishi mumkin.

9.4. “MBF boshqarmasi” daromadi (foydasi) muassis belgilab bergan tartibda va miqdorlarda taqsimlanadi.

 

X. «MBF BOSHQARMASI” DIREKTORINING HUQUQLARI,

MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI

10.1. “MBF boshqarmasi” ning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish direktor tomonidan amalga oshiriladi.

10.2. “MBF boshqarmasi” direktori yakkaboshchilik qiladigan ijroiya organi rahbari hisoblanadi.

10.3. Direktor quyidagi huquqlarga ega:

“MBF boshqarmasi” oldiga qoʻyilgan vazifalarnining bajarilishini tashkil etish;

“MBF boshqarmasi” nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, mamlakatimiz va xorijning barcha korxonalari, firmalari va tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi;

“MBF boshqarmasi” nomidan bitimlar, shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va bekor qilish;

direktor oʻrinbosari, bosh xisobchi xamda ishchi xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni zgartiradi va bekor qiladi;

mehnat munosabatlarini tartibga solish, ishlab chiqarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan buyruqlar chiqarish;

qonun hujjjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.

10.4. Direktorga quyidagi majburiyatlar yuklatilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining buyruq va farmoyishlariga hamda mazkur Ustav talablariga va boshqa qonun va qonunosti hujjatlari talablariga rioya qilish;

“MBF boshqarmasi” faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini tashkil etish;

“MBF boshqarmasi” faoliyatini rivojlantirish yoʻl xaritalarini va strategiyasini ishlab chiqish;

xodimlarni tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, xodimlarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq “MBF boshqarmasi” da korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali bunday holatlar sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishni samarali tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish;

“MBF boshqarmasi” manfaatlarini davlat organlarida, davlat korxonalari va tashkilotlarda, boshqa shakldagi korxona va tashkilotlarda, huquq-tartibot organlarida va sudlarda ifodalash;

“MBF boshqarmasi” faoliyati yuzasidan yillik hisobotni tekshirish va tasdiqlash;

xodimlarning shtat boʻyicha soni va ularning ish haqi miqdorlarini muassis bilan kelishilgan holda tasdiqlash;

“MBF boshqarmasi” faoliyatining yil yakuni boʻyicha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishni tashkil etish.

Direktor muassis oldida mazkur ustavda belgilangan tartibda muassasa faoliyati toʻgʻrisida hisob beradi.

10.5. Direktorga qonunchilikda belgilangan tartibda va asoslarda boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

10.6. Direktor quyidagi holatlar boʻyicha javobgar hisoblanadi hamda yetkazilgan zararlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi:

byudjetga va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlarning amalga oshirilmasa, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanmasa, mehnat huquqlari va munosabatlaridan kelib chiqadigan hamda ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlov majburiyatlarini bajarmasa;

ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ehtiyojlar uchun pul mablagʻlari oʻtkazmasa;

oʻzining harakati (harakatsizligi) tufayli “MBF boshqarmasi”ga berilgan davlat mulki yoʻqotsa, ularga zarar yetkazsa.

10.7. Direktorning javobgarligi muassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ham belgilanishi mumkin.

10.8. Direktor mazkur ustavning 10.4. bandidagi majburiyatlarining oʻz vaqtida, sifatli bajarmaganligi uchun muassis qarori bilan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

10.9. Direktor tomonidan yetkazilgan zarar direktor va muassis oʻrtasida tuzilgan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnomaga va amaldagi qonun hujjatlariga asosan undiriladi.

 

XI. «MBF BOSHQARMASI” FILIALLARI VA

VAKOLATXONALARI

            11.1. “MBF boshqarmasi”  muassis bilan kelishgan holda, qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.

11.2. “MBF boshqarmasi” ning filiallari va vakolatxonalari “MBF boshqarmasi” tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.

11.3. “MBF boshqarmasi” filiali yoki vakolatxonasi rahbari muassis bilan kelishgan holda tayinlanadi va “MBF boshqarmasi” direktorining ishonchnomasi asosida faoliyat koʻrsatadi. Filial yoki vakolatxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilgan taqdirda ishonchnoma “MBF boshqarmasi” direktori tomonidan bekor qilinadi.

 

XII. ZAXIRA FONDI VA BOSHQA

FONDLARNI TASHKIL ETISH TARTIBI

12.1. “MBF boshqarmasi” oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira jamgʻarmasini, shuningdek miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdiqlanadigan boshqa jamgʻarmalarni tashkil etishi mumkin.

12.2. “MBF boshqarmasi” ustav fondining 15% kam boʻlmagan miqdorida zaxira fondini shakllantiradi.

12.3. Zaxira fondi har moliya yili “MBF boshqarmasi” sof foydasining 5% miqdorida taqsimlanadi.

12.4. “MBF boshqarmasi” moliya yilida sof foydaga ega boʻlmagan taqdirda mazkur ustavning 12.3. bandidagi taqsimot amalga oshirilmaydi.

12.5. Zahira fondi mablagʻlari zararlarni qoplash, sof foyda kamlik qilganda “MBF boshqarmasi” ning kreditor toʻlovlarini amalga oshirish uchun sarf qilinadi.

12.6. Boshqa fondlarni tashkil etish, ulardan foydalanish tartibi direktor tomonidan muassis bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

 

XIII. YILLIK HISOBOTLARNI TUZISH, TEKSHIRISH,

TASDIQLASH TARTIBI

13.1. “MBF boshqarmasi” faoliyati yuzasidan yillik hisobotni tuzish lavozim yoʻriqnomasida ushbu vazifani bajarish belgilangan xodim tomonidan amalga oshiriladi.

13.2. Yillik hisobot direktor yoki uning vazifasini bajarish yuklatilgan xodim tomonidan tasdiqlanadi.

 

XIV. «MBF BOSHQARMASI” NING JAVOBGARLIGI

            14.1. “MBF boshqarmasi” muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.

            14.2. “MBF boshqarmasi” oʻzi tashkil etgan filiallar va vakolatxonalar majburiyatlari boʻyicha javob beradi. 

 

XV. «MBF BOSHQARMASI” FAOLIYATINI NAZORAT QILISH

            15.1. “MBF boshqarmasi” hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda saqlashga berilishi uchun javob beradi.

            15.2. “MBF boshqarmasi” faoliyatini xoʻjalik yurituvchi organ sifatida nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

XVI«MBF BOSHQARMASI”NING  HUJJATLARINI SAQLASH

16.1. “MBF boshqarmasi” quyidagi hujjatlarni qonunchilikda belgilangan muddatda saqlashga majbur:

muassasaning taʼsis hujjatlari, shuningdek taʼsis hujjatlariga kiritilgan va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni;

muassasani tashkil etish va muassasanining ustav fondiga pul koʻrinishida boʻlmagan ulushlarni pulda baholashni tasdiqlash toʻgʻrisidagi muassasa muassisining umumiy yigʻilishi bayonnomalarini, shuningdek muassasani tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa qarorlarni;

muassasanining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni;

muassasanining balansida boʻlgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;

muassasaning filiallari va vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni;

muassasa muassisning hayʼat yigʻilishi, muassasaning ijro etuvchi organi bayonnomalarini;

mustaqil auditorlik tashkilotlari xulosalarini;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni.

16.2. Muassasa muassisning talabi bilan unga zarur maʼlumot va axborotlarni, shuningdek taʼsis hujjatlarini unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart.

 

XVII. «MBF BOSHQARMASI” NI QAYTA TASHKIL ETISH

VA TUGATISH

17.1. “MBF boshqarmasi” qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muassisning qarori boʻyicha yoki sudning qarori boʻyicha qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

17.2. “MBF boshqarmasi” ning tugatilishi huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmasdan muasasasa faoliyati toʻxtatilishiga olib keladi, qayta tashkil etishda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.

 

 

“Maʻmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi”

davlat muassasasi direktori                                                                    V.Otaboyev